Talaba qizni Istanbulga fohişalikka yuborayotgan guruh uşlandi

Talaba qizni Istanbulga fohişalikka yuborayotgan guruh uşlandi

Buxoroda talaba qizni Turkiyaning Istanbul şahriga şahvoniy ekspluatatsiya uçun yubormoqçi bölgan jinoiy guruh Samarqand xalqaro aeroportida uşlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.


Qayd etilişiça, joriy yilning 2 mart kuni tongi soat 04:00 larda Samarqand xalqaro aeroportida ötkazilgan tezkor tadbirda Turkiya davlati fuqarosi hamda uning özbekistonlik 3 nafar jinoiy şeriklardan iborat guruh talaba qizni şahvoniy ekspluatatsiya qiliş uçun Istanbulga jönatmoqçi bölgan.

Maʼlum bölişiça, qiz Buxoro viloyatidagi oliygohlardan birining birinçi bosqiçida tahsil olayotgan bölgan. 

Qonunbuzarlar Samarqand xalqaro aeroportida röyxatdan ötkazayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan jinoyat ustida uşlangan. Ulardan xorijga çiqiş pasportlari va aviaçiptalar aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “d” va “k” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari boşlangan.


Teglar:
×