Samarqandda fuqarolarni AQŞga noqonuniy jönatişga uringanlar qölga olindi

Samarqandda fuqarolarni AQŞga noqonuniy jönatişga uringanlar qölga olindi

DXX Samarqand viloyati boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarni AQŞga noqonuniy yuboriş holatiga çek qöyildi.

Maʼlum qilinişiça, Samarqand tumanida yaşovçi 36 yoşli N.F. mahalliy fuqaroni 16 ming AQŞ dollari evaziga Toşkent—Istanbul—Madrid—Meksika—AQŞ yönalişi orqali AQŞga noqonuniy ötkazib qöyişni vaʼda qilib, söralgan puldan 10 ming dollarni olayotgan vaqtda qölga olingan.

Uşbu yönalişdagi yana bir şunday tadbirda Samarqand tumanida yaşovçi fuqaro 62 yoşli R.M. mahalliy fuqaroni Toşkent—Tel-Aviv yönalişi orqali Isroilga jönatib, u yerda işga joylaştiriş evaziga 18 ming dollar talab qilib, 12 ming dollarni olayotgan vaqtida qölga olingan.

Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


×