Namangan viloyati Töraqörğon tumanida 53 yoşli ayol turmuş örtoğini xiyonat qilayotganlikda gumon qilib, bosqinçi yolladi. Bu haqda Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 26 aprel kuni soat 1:00 larda Töraqörğon tumani Baxt mahallasida yaşovçi 58 yoşli A.O.ning yaşaş hovlisiga nomaʼlum şaxslar yuzlariga qora rangli niqob kiygan holda kirib, A.O.ning uxlab yotganidan foydalanib, unga tayoq bilan hujum qiladi. Uni urayotgan vaqtlarida bosqinçilarga A.O. faol qarşilik körsatadi. Bosqinçilar unga tegişli “Honor note-7” rusumli telefon apparatini olib, hodisa joyidan yaşirinadi.

Mazkur holat yuzasidan Töraqörğon tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida uşbu jinoyatni A.O.ning turmuş örtoği 53 yoşli A.M.ning buyurtmasiga asosan, jiyani – 22 yoşli M.N. tanişi B.Ş. bilan sodir qilgani, A.M. turmuş örtoği ayollar bilan işqiy munosabatga kirişib, unga xiyonat qilayotgani sababli qörqitib qöyiş maqsadida buyurtma bergani aniqlanib, M.N.dan “Honor note-7” rusumli telefon apparati aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.









