Erini öldiriş uçun «killer» yollagan vodiylik ayol qayta qamoqqa olindi

Erini öldiriş uçun «killer» yollagan vodiylik ayol qayta qamoqqa olindi

Şu yilning fevral oyida erini öldiriş uçun 50 ming AQŞ dollariga odam yollagan asakalik O. D. (1984 yilda tuğilgan) qölga olingani xabari berilgandi.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, olib borilgan tergov harakatlari davomida Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi «i» bandi (qasddan odam öldirişga tamagirlik niyatida suiqasd qiliş) bilan sudga oşirilgani, biroq JIB (jinoyat işlari böyiça) Andijon viloyat sudi tomonidan sudlanuvçi O. D. ozodlikka çiqarib yuborilganidan ham xabardorsiz.

Şu örinda izoh şart: JIB viloyat sudi sudlanuvçini aybsiz deb, qamoqdan ozod qilgani yöq. Balki O. D.ning harakatlari 25,97-moddasi 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilişdan taşqari JKning 57-moddasini (jinoyat uçun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlaş) qöllagan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlab, belgilangan mazkur jazosini şartliga almaştiradi (JK 72-modda) va 2 yil sinov muddati berilişi natijasida ayol sud zalidan ozodlikka çiqariladi.

Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovning «Xabar.uz»ga maʼlum qilişiça, mazkur jinoyat işi Andijon viloyat prokuraturasining protesti va jabrlanuvçining şikoyati asosida JIB viloyat sudi apellatsiya instantsiyasida körib çiqildi. Unga köra, sudlov hayʼati tomonidan viloyat prokurori protesti qisman qanoatlantirilişi natijasida birinçi bosqiç sudi hukmi özgartirildi. Yaʼnikim, sudlanuvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 72-moddasi tartibida belgilangan 2 yil sinov muddati bekor qilinib, tayinlangan 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötaşi belgilandi. Va u sud zalidan qamoqqa olindi.

Qöşimça qilinişiça, bu O. D.ning birinçi marta sudlanişi emas. Mahkuma ilgari tuhmat qiliş (2010 yil) va özimboşimçalik (2017 yil) ayblovlari bilan ikki marta sudlangan. Şuningdek, unga nisbatan qasddan badanga şikast yetkaziş alomatlari bilan jinoyat işi ham qözğatilgan bölib, faqat taraflarning (2019 yil) yaraşgani munosabati bilan «iş» tugatilgan.

×