AOKA sudda jurnalistlar iştirokini taʼminlaş uçun kuraş boşladi

AOKA sudda jurnalistlar iştirokini taʼminlaş uçun kuraş boşladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) rahbariyat almaşgaç, jurnalistlarning sudda iştirokini taʼminlaş yölida kuraşga kirişgan.

Gap nimada?

Bugun Oliy sud binosida "Sud muhokamasi oşkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot oliş huquqini taʼminlaş töğrisida"gi plenum qarori loyihasi muhokama qilingan (suratda).

Loyihada jurnalistlarning oçiq sud majlislarida erkin qatnaşişi va axborot olişlari, buning uçun sudlar zarur şaroit yaratişi kerakligi belgilangan. Şuningdek, iş yopiq muhokama qilinişi haqidagi maʼlumot hamma uçun oçiq bölişi, yopiq sud ötkazişning asoslari aniq körsatilişi kabi meʼyorlar bir ovozdan maʼqullangan.

Audio va videoyozuv

Jinoyat, maʼmuriy, iqtisodiy işni, maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi oçiq sud protsessini foto, videotasvir va audioga yozib olişga faqat sudya ruxsati bilan yöl qöyilişi belgilangan. OAV vakillari stenogramma va yozma qaydlar bilan kifoyalanişi aytilgan.

Ammo AOKA bunga qarşi çiqqan va öz takliflarini bildirgan. Xususan, jurnalist sud davomida yozib ulgurmasligi va notöğri xabar tarqatib qöyiş ehtimoli inobatga olinib, audioyozuvdan foydalaniş taklif qilingan.

Background

Hozirgi kunda OAV vakillarining sudda iştiroki juda qiyin jarayon hisoblanadi. Buni 2019 yilda jurnalist Tursunali Akbarovga nisbatan muvaffaqiyatsiz (https://t.me/ZnewsZ/1909) daʼvo arizasi yuzasidan ötkazilgan sud majlisidan ham biliş mumkin.

Yoki boşqa misol keltiraylik. Masalan, 2019 yil 5 fevral kuni Xalqaro islom akademiyasi hududida hijobni taqiqlaş (https://t.me/niyozov_news/360) işi böyiça sud majlisi bölib ötgan, ammo jurnalistlarni kiritişmagan.

Yoki Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Sardor Sodiqov poytaxtdagi bozorlar rahbarlari işi böyiça majlis boşlanişidan oldin "Gazeta.uz" muxbiri Şuhrat Latipovni sud zalidan çetlaştirgandi. 15 iyulda ham şu sayt xodimi yana sud zaliga kiritilmagan.

Şuningdek, keça Qalampir.uz sayti muxbirlari jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudiga kiritilmagan, sababi nomaʼlum.

AOKA jurnalistlarning sud majlislarida iştirokini taʼminlaşiga doir huquqiy hujjat loyihasini 2019 yil 1 aprelgaça işlab çiqişi kerak edi.

×