AOKA “UzAutoMotors”ning ayblovi böyiça tekşiruv boşladi

AOKA “UzAutoMotors”ning ayblovi böyiça tekşiruv boşladi

Avvalroq, “UzAutoMotors” AJ Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasini ikki örtada davom etayotgan sud işi böyiça OAVga bosim ötkazişda ayblagandi.

Avtomobilsozning uşba aybloviga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga köra, AOKA avtokompaniya daʼvosiga köra davlat idorasining OAVga yaqqol bosim ötkazgani (göyoki) isbotlangan faktlarni öz vakolati doirasida töliq örganib çiqadi.

“Biz OAVlarga nisbatan har qanday usulda bosim uyuştirişga yöl qöyilmasligi lozim deb hisoblaymiz.

Özbekistonda söz va matbuot erkinligi, OAVlarning mustaqil faoliyati va davlat organlarining oçiqligiga erişiş davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Çunki aynan şu yöl orqali Özbekistonning faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga hamda axborot xilma-xilligi taʼminlanişiga mustahkam zamin yaratiş mumkin”, deyiladi agentlik bayonotida.

Öz örnida AOKA, barça OAVlarni qonuniylik, haqqoniylik, xolislik tamoyillariga amal qilgan holda faoliyat yuritişga çorlagan va yuqoridagi masalaga soha ekspertlarining örganişlari natijasiga asosan tegişli baho berilişini maʼlum qilgan.

Eslatib ötamiz, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan “UzAutoMotors” AJda “Raqobat töğrisida”gi qonun talablari buzilişi böyiça qözğatilgan işning davomi joriy yilning 19 avgust kuni körib çiqildi. Iş oxirida komissiya “UzAutoMotors” AJ avtomobillar narxini 3 mlndan 19 mln sömgaça tuşirişi kerakligi töğrisida qaror qabul qildi. 

Uşbu qaror yuzasidan “UzAutoMotors” sudga murojaat qildi. Ayni vaqtda sud davom etmoqda. 

×