YEI Özbekistonda koronavirusga qarşi kuraş uçun 2 mln yevro ajratdi

YEI Özbekistonda koronavirusga qarşi kuraş uçun 2 mln yevro ajratdi

Yevropa Ittifoqi Özbekistonda COVID-19 ga samarali, tez va muvofiqlaştirilgan javob qaytariş çoralariga bağişlangan loyihaga 2 million yevro ajratdi. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining mamlakatdagi vakolatxonasi tomonidan amalga oşirilajak loyiha, eng avvalo, tibbiyot muassasalarining tibbiy va birinçi böğin xodimlariga şaxsiy himoya vositalarini taqdim qilişga alohida urğu beradi.

Bugungi kunda Özbekistondagi mavjud deyarli barça şaxsiy himoya vositalari (ŞHV) COVID-19 ga çalingan bemorlarni va ular bilan aloqa qilganlarni aniqlaş, saralaş, tekşiriş, yakkalaş va davolaş uçun işlatiladi. Bu hol COVID-19 gumon qilingan yoki tasdiqlangan holatlardan taşqari boşqa bemorlarga, masalan, tuğruqxona, sil va OITV klinikalari, stomatologiya, poliklinika va şu kabilarda xizmat körsatayotgan tibbiy xodimlarning katta qismini himoyasiz qoldirmoqda. Şunday ekan, JSST tavsiya qilgan ŞHVni nafaqat COVID-19 ga çalingan bemorlar bilan işlayotgan tibbiy xodimlar uçun, balki boşqa soğliqni saqlaş xizmat va muassasalaridagi tibbiy xodimlar uçun ham xarid qiliş COVID-19 tarqalişini kamaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi. 

“Tibbiy xodimlar har kunimizning qahramonlaridir va bizni himoya qilayotganda ular xavfsiz işlay olişiga biz amin bölişimiz şart. Uşbu loyiha Özbekistonga pandemiyaga javob çoralari doirasida Yevropa hamjamitiya ajratgan 36 million yevro yordamining asosiy qismini özida mujassam etadi”, dedi Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi Muvaqqat işlar vakili Yussi Narvi.

JSSTning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Lianne Kuppensning sözlariga köra, sifatli şaxsiy himoya vositalari mamlakatdagi barça tibbiy xodimlarga yetkaziş uçun yeratli darajada xarid qilingan bölib, bu tibbiy xodimlar orasida kasallik tarqalişi tufayli yana yöqotişlar röy berişining oldini olişga va aholi orasida COVID-19 holatlarini kamaytirişga xizmat qiladi.

Yevropa Ittifoqining moliyaviy kömagi va Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligining yaqindan hamkorligi natijasida loyiha keyingi 2 yilga mamlakatdagi barça tibbiy xodimlar uçun yetarli miqdorda va yuqori sifatli ŞHV sotib oliş orqali infektsiyalar profilaktikasi va infektsion nazorat çoralarini mustahkamlaydi.

×