Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarşi kuraş uçun biznesmenlardan 500 mln dollar söradi

Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarşi kuraş uçun biznesmenlardan 500 mln dollar söradi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi biznesmenlarga murojaat qildi va ulardan yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarşi kuraşda yordam berişni, jarayonga taxminan 500 million AQŞ dollari ajratişni söradi. Bu haqda «RBK» xabar bergan.

Zelenskiyning sözlariga köra, u tadbirkorlar bilan oçiq muloqot qilgan.

«Men mamlakatning ularni uzoq vaqt davomida boqib kelganini eslatdim. Endi sizlarning ham vatanga kömak beradigan vaqtingiz keldi, deb aytdim», — deya taʼkidladi Zelenskiy.

Zelenskiy pullarning hukumat tomonidan taşkil qilinadigan alohida jamğarma hisobiga ötkazilişi haqida aytib ötgan.

Biznesmenlar bilan uçraşuv 16 mart kuni ötkazildi, — deyiladi Ukraina prezidenti rasmiy saytidagi xabarda. Xabarga köra, uçraşuvda tadbirkorlarning mamlakatda koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraşga hissa qöşişi lozimligi muhokama qilingan.

«Xususan, katta miqdordagi testlar xaridi va yetkazib berilişida tadbirkorlarning kömak berişi, tibbiyot uskunalarini, himoya va dezinfektsiya vositalarini olişga hissasini qöşişi haqida suhbatlaşildi», — deyilgan xabarda.

Zelenskiy Oliy Radaga barça barlar, savdo markazlari va sport zallarining işlaşini taqiqlaşni taklif qilgan. Uşbu çoralar 17 mart, seşanba kuni, yarim tundan kuçga kirdi. Şu bilan birga, restoran va kafelarga tayyor ovqatlarni uylarga yetkazib beriş xizmatiga ötişga imkon beriladi. Şuningdek, virus tarqalişiga qarşi çora sifatida metroni 18 mart, çorşanba kuni, peşindan keyin yopib, şahar va tumanlar örtasida temir yöl, avia va avtobus harakatini töxtatiş taklif qilingan.

Eslatib ötamiz, Ukrainada birinçi marta koronavirus bilan kasallaniş holati 3 mart kuni aniqlangandi. 12 mart kuni Ukrainaning Jitomir viloyatida koronavirus infektsiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan 71 yoşli ayol vafot etdi. Kiyevda 12 martdan boşlab koronavirus böyiça karantin joriy etildi, ommaviy tadbirlar taqiqlanadi va maktablar yopildi.

Ukraina Soğliqni saqlaş vazirligining 13 martdagi maʼlumotlariga köra, Jitomir viloyatidagi holatdan taşqari mamlakatda koronavirus bilan kasallaniş böyiça yana ikkita holat aniqlangan, ularning ikkalasi ham Çernovtsi viloyatida qayd etilgan. 2020 yil boşidan beri Ukraina Soğliqni saqlaş markaziga COVID-19 da gumonlanib, 55 ta xabar kelib tuşgan, ularning 49 tasi tasdiqlanmagan, uçtasi tekşirilmoqda.

17 mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy STV telekanalida namoyiş etilgan dasturda fuqarolarga COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş çoralari sifatida mamlakatda joriy etilgan karantin paytida demografik inqirozga qarşi kuraşişni tavsiya qilgani hamda Ukrainada koronavirus infektsiyasi keltirib çiqargan pnevmoniya kasalligidan ikkinçi bemor vafot etgani xabar qilindi.

×