Namanganda 4 nafar ayol-qizlarni Moskvaga olib ketayotgan şaxs qölga olindi

Namanganda 4 nafar ayol-qizlarni Moskvaga olib ketayotgan şaxs qölga olindi

Toşkent viloyati IIBB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş tezkor xodimlari tomonidan 2020 yilning 10 fevral kuni tezkor tadbirlar ötkazilgan.

Natijada, Moskvada yaxşi maoş tölanadigan iş topib berişni vaʼda qilib, hatto yöl xarajatlarini öz hisobidan qoplagan holda olib ketişni aytib, ularni fohişalik bilan şuğullantirişni maqsad qilgan, “Dilafruz” va “Umida” 19-25 yoş oraliğidagi turli viloyatlardan bölgan 4 nafar ayol-qizlarni, Namangan xalqaro aeroportidan “Namangan-Moskva” aviareysi orqali Moskva şahriga olib ketayotgan vaqtida uşlangan.

Toşkent viloyati IIBB tezkor xodimlariga Nurafşon şahrida özini “Dilafruz” va “Umida” (şartli ismlar) deb taniştiruvçi şaxslar, qizlarni yaxşi daromad orttiriş bilan qiziqtirib aldov yöli bilan Rossiya Federatsiyasiga olib ketişni rejalaştirganligi maʼlum böladi. 

Ötkazilgan suriştiruv davomida özini “Dilafruz” deb taniştirgan şaxs – Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yaşovçi 1981 yilda R.M., şerigi “Umida” – Namangan viloyati Pop tumanida yaşovçi 1987 yilda tuğilgan U.N. ekanligi aniqlanadi.

Şuningdek, tadbir davomida U.N. özi işlab kelayotgan ayollar gözallik saloniga kelgan yoş va körinişi çiroyli qizlarni yaxşi daromad orttiriş bilan qiziqtirib, R.M. bilan taniştirib kelganligi va buning evaziga undan öz uluşini olib kelganligi, R.M. esa 2019 yildan buyon Moskva şahrida olib borilgan qizlarga, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali jinsiy aloqa qilişlari uçun mijoz topiş bilan şuğullanib, moddiy daromad orttirib kelayotganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan tergov oldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.

×