Buxoro amirligi tangalarini çetga olib ketayotgan şaxs qölga tuşdi

Buxoro amirligi tangalarini çetga olib ketayotgan şaxs qölga tuşdi

Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi “Sariosiyo” çegara bojxona posti orqali qöşni davlatga yöl olgan fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilganda uning qöl yuklari orasida oğzaki sörovda maʼlum qilinmagan 267 dona qadimiy taqinçoq qismlari borligi aniqlandi. Bu haqda viloyat bojxona boşqarmasi xabar berdi.

Bildirilişiça, uşbu aşyolarning qadimiyligi va qiymatini aniqlaş uçun bojxona xodimlari tomonidan badiiy ekspertiza tayinlangan. Ekspertlar xulosasiga köra, 39 dona osma bezak körinişidagi kumuş tangalar XIX asrda Buxoro amirligida zarb qilingan, qolgan taqinçoq qismlari ham XIX asr oxiri XX asr boşlariga oid bölib, madaniy boylik hisoblanadi.

Hozirda aşyoviy dalillar Termiz arxeologiya muzeyiga topşirilgan bölib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi 131-sonli qaroriga muvofiq, 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar Özbekistondan olib çiqib ketilmaydi.


×