Qozoğistonda olti nafar özbekistonlikni qullikka sotgan şaxs qölga olindi

Qozoğistonda olti nafar özbekistonlikni qullikka sotgan şaxs qölga olindi

Qöşni davlat poytaxtida odam savdosi uçun qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi qölga olindi. Bu xaqda BaigeNews maʼlum qildi.

Qidiruvda bölgan şaxs 2014 yili olti nafar fuqaroni Qozoğistonda yuqori maoşli işga joylaştirişini vaʼda qilib, Özbekistondan olib çiqib ketgan.

Olmaota şahrida u vatandoşlarining pasportlarini olib, boşqa şaxsga topşirgan. 7 oy davomida erkaklar oğir şaroitlarda işlaşga majbur bölişgan.

Malum qilinişiça, 2015 yili Özbekistonda odam savdosi bilan şuğullangan şaxs beş yilga ozodlikdan mahrum etilgan bölgan. Ammo 2019 yili sud qarori bilan jazoning ötalmagan qismi şartli ozodlikdan mahrum qiliş bilan almaştirilib, şartli ozodlikka çiqqanidan keyin u Qozoğistonga qoçib ketgan.

«U Özbekistonda qidiruvga berilgan. Hozirda sud qarori bilan hibsga olindi va uni Özbekistonga ekstraditsiya qiliş masalasi hal qilinmoqda», — deyiladi xabarda.

×