Buxoroda qalbaki pul yasab kelgan 4 nafar şaxs qölga olindi

Buxoroda qalbaki pul yasab kelgan 4 nafar şaxs qölga olindi

Buxoro viloyati Ğijduvon tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda qalbaki pul yasab muomalaga çiqariş bilan boğliq jinoyat foş qilindi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati bergan maʼlumotga köra, Ğijduvon tumanining Şarq mahallasida yaşovçi 2004 yilda tuğilgan S.A., Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Malikobod mahallasida yaşovçi 2003 yilda tuğilgan Ş.B., qöşni mahallaning F.Xöjayev köçasida yaşovçi 2004 yilda tuğilgan D.A. va 2002 yilda tuğilgan A.D. lar oldindan jinoiy til biriktirib Özbekiston valyutasini soxtalaştirişni rejalaştirişgan.

Ular joriy yilning 19 iyun kunidan 26 iyun kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida, Buxoro şahri A.Temur köçasida joylaşgan köp qavatli uylardan biridagi vaqtinçalik ijaraga olgan xonadonida «Epson L-3100» rusumli rangli printer yordamida 100 ming sömlik pul kupyuralarini kelgusida ötkaziş maqsadida köpaytiriş yöli bilan yasab, qalbaki pullarni savdo dökonlari va fuqarolarga ötkazib kelgan. Tezkor tadbirda ular aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan uşbu jinoiy guruhning 4 nafar aʼzolariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


×