Qöqon şahri. 16 aprel kuni ötkazilgan tezkor tadbir davomida “Malibu” rusumli avtomaşinada ketayotgan M.D. töxtatilganida 100 dona konvalyutadagi, jami 1400 dona “REGAPEN 300 mg pregabalin” kuçli taʼsir qiluvçi moddalarni kelgusida ötkaziş maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, uşbu moddalar daliliy aşyo tariqasida olingan. Bu haqda Farğona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Holat yuzasidan Qöqon şahar IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,2511-moddasi 3-qismi (kuçli taʼsir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işi közğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Jinoyat kodeksining 2511-moddasi 3-qismida körsatilgan jinoyatni sodir etgan şaxs ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.
manba: Aniq.uz









