Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida barpo etilgan issiqxonada qiş çillasida qulupnay bozorlarga çiqarildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
«Yanvar oyi boşida nişona hosilni uzib olgandik. Hozir ham har kuni qator oralab, ekinning qizarganlari uzilib, xaridorlarga yetkazib turilibdi», – deydi issiqxonani yuritayotgan «Universal yevrofud treyding» rahbari Qodirjon Qurbonov.
Tadbirkorning aytişiça, mazkur jarayon 6 oy davom etadi. Söng «ona ekin» meva beriş örniga yonidan «bolaça» novdalarni çiqaradi. Bu esa qöşimça qulupnayzor taşkil etiş imkonini beradi. Qazib olingan köçatlar boşqa tuvaklarga ötqazilib, ekin maydoni kengaytiriladi.
Töraqörğon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Zohidaxon Kenjayevaga köra, Janubiy Koreya texnologiyasi asosida, gidroponika uslubida hosil olinayotgan issiqxonada yumuşlarning deyarli barçasi avtomatlaştirilgan. Ekinlar maxsus jadval asosida tomçilatib suğoriladi. Suv zamonaviy qurilma yordamida mineral öğit va boşqa foydali unsurlar bilan boyitiladi. Söng kompyuter dastur asosida belgilangan vaqtda paykalga suvni uzatadi.
Qiziği, ekin gullarini çanglatiş ham öziga xos uslubda bajariladi: issiqxona içida xuddi quşning ini singari qutiçalarga joylaştirilgan «xorijlik ari»lar vaqti-vaqti bilan indan çiqib, gullarni çanglatadi.
Töraqörğonda qişda pişgan qulupnaylar mazasi nihoyatda xuştaʼm ekanligini xaridorlar ham eʼtirof etmoqda. Ular Namangan bozorlari va dökonlarida örtaça 100 ming söm atrofida sotilmoqda.









