Abdukarim Mirzayev ozodlikka çiqarildi

Abdukarim Mirzayev ozodlikka çiqarildi

Jurnalist Abdukarim Mirzayev 12 yanvar kuni turk politsiyasi tomonidan ozodlikka çiqarildi. Bu haqda jurnalistning «Telegram»dagi kanalida xabar berildi.

Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bölimi magistranti Abdukarim Mirzayev 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qölga olingandi.

Uni huquqiy jihatdan himoya qiliş uçun yollangan advokat vaziyatni örgangaç, kimdir Abdukarim Mirzayevga tegişli raqam orqali şubhali şaxslar bilan muloqotda bölgani haqida xabar bergani, uşbu maʼlumot ortidan jurnalist kuzatilib, söngra qölga olinganini aniqlagan.

10 dekabrdan 11 dekabrga ötar keçasi harbiy libosdagi tört kişi, şuningdek, fuqaro kiyimidagi şaxslar Abdukarim Mirzayevning uyiga kelib, tintuv ötkazgan. Söng ular hujjatlarni rasmiylaştirib, jurnalistni olib ketişgandi.

×