Özbek töqimaçilari tomonidan patogen bakteriya va viruslarni yuqtiriş xavfining oldini oladigan tibbiy kombinezonlar işlab çiqarila boşlandi. “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi tomonidan bu rasman tasdiqlandi. Mutaxassislarning tuşuntirişiça, u 100 foiz paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalari bölib, ular matoga maxsus himoya xususiyatlarini beriş texnologiyasini qöllaş orqali işlab çiqarilyapti. Yangi mahsulot hozirdanoq amalda keng qöllanila boşlandi.
Loyiha taşabbuskori “Cotton Road” qöşma korxonasi hisoblanadi. Korxona jamoasi Germaniya va Şveytsariya kompaniyalari kömagida «HeiQ Viroblock» innovatsion işlanmasini özlaştirişi tufayli himoya liboslari yaratişga muvaffaq böldi. Uşbu yangi texnologiya 5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekretsiyasini faol ravişda yöq qilişga, kiyimlarni öz-özini tozalaşga imkon beradi. Bu esa hozirgi vaqtda işlatilganlar himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq.
Antivirus paxta matosidan işlab çiqarilgan kombinezonlar quyidagi ustunliklarga ega:
Havoni yaxşi ötkazişi tufayli kombinezonlar himoya xususiyatlarini saqlab, ortiqça issiqlikni çiqarib yuboradi;
Qayta foydalaniş mumkinligi xarajatlarni 5-7 martadan köproq tejaydi;
Mahalliy xom aşyodan işlab çiqarilyotgani tufayli narxi oddiy kombinezonlarnikidan 2 baravar yuqori, xolos.









