Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanida 9 gektar qulupnay maydoni buzilib, vayron qilingani haqidagi videolavha tarqalgan edi. Holat böyiça Qibray tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, uşbu videolavhada körsatilgan yer maydoni «Çinkeldi» MFY Yangiobod qişloği M.Bexbudiy köçasida joylaşgan «Saidvali hoji» fermer xöjaligiga tegişli bölib, jami 20,9 gektarlik maydonning 8 gektariga (videoda 9 gektar deyilgan) qulupnay ekilgan.
«Saidvali hoji» fermer xöjaligi yer maydonlaridan ekin ekib foydalaniş uçun dehqonlar bilan özaro oğzaki (heç qanday hujjatlar rasmiylaştirilmagan) kelişuvga asosan ikkilamçi ijaraga berilgan.
Fermer xöjaligining yer maydonlari davlat ehtiyojlari uçun olinganligi (oldindan ogohlantiriş xatlari berilgan) munosabati bilan fermer xöjaligiga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Uşbu mablağlar fermer xöjaligi hisob raqamiga ötkazilgandan söng, fermer xöjaligi bilan ikkilamçi ijarada foydalanib kelgan dehqonlarga keltirilgan zararni qoplaş «Saidvali hoji» fermer xöjaligi tomonidan amalga oşirilişi böyiça dalolatnoma rasmiylaştirilgan.
Keltirilgan zararni qoplaş böyiça amalga oşirilgan işlar yuzasidan qöşimça axborot beriladi, — deyiladi hokimlik xabarida.
Rasmiy munosabatdan keyin bir neçta savollar oçiqligiça qoldi.
Nega hosilga kirgan ekin maydoni bunday şoşilinç uvol qilindi? Yer maydonlari davlat ehtiyojlari uçun olinayotgan va fermer xöjaligiga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda qoplab berilar ekan, nega bu odamlarni qaqşatmasdan, buzilişdan oldin amalga oşirilmadi?









