Özbekistonda 7 oyda jami 44 901 dona “Cobalt” avtomobili işlab çiqarildi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 149,7 % ösiş surʼatiga ega böldi.
Eslatib ötamiz, iyul oyida 7219 dona “Cobalt” avtomobili işlab çiqarilgan bölib, bu körsatkiç ötgan oyga nisbatan 338 taga kam.
Davlat statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, avtomobil işlab çiqariş sanoatida 2020 yilning yanvar-iyul oylarida 44 901 dona “Cobalt” (ötgan yilning mos davriga nisbatan 149,7 %), 41 663 dona “Nexia T-250” (96,6 %), 30 368 dona “Lacetti-Gentra” (124,5 %), 30 889 dona “Damas” (111,7 %), 16 370 dona “Spark” (138,9 %) hamda 4 520 dona “Labo“ (101,9 %) avtomobillari işlab çiqarildi.









