Jeki Çan virusga qarşi dori topganga mömaygina pul vaʼda qildi

Jeki Çan virusga qarşi dori topganga mömaygina pul vaʼda qildi

Maşhur aktyor, kaskadyor Jeki Çan kimki koronavirusga qarşi dori öylab topsa, unga million yuan (143 ming dollar atrofida) berişini maʼlum qildi. Bu haqda “Biznes Online” xabar bermoqda.

Aktyor bu haqda Weibo ijtimoiy tarmoğidagi öz sahifasida maʼlum qilgan. 

“Bu narsa qölimdan kelar ekan epidemiyaga qarşi kuraşişda yordam beraveraman. Mamlakatda xaos bölişini istamayman. Men hamma narsaga tayyorman. Epidemiyani yengib ötiş, ilm-fanni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq. Öylaşimça, xuddi men singari, barça şunday fikrda. Bemor vatandoşlar hayotini saqlab qoliş uçun imkon qadar tezroq maxsus dori-darmonlarni işlab çiqamiz, degan umiddaman”, deydi Çan.  

U hozirda niqob va himoya kiyimlarini ommaga tarqatiş bilan bandligini tan oldi. Şu bilan birga Çan uşbu materiallarni Xitoyga yetkazib beruvçi yangi hamkorlarni qidirmoqda.

“Iltimos, meni töğri tuşuning. Taklif qilgan summam katta pul emas. Lekin men gullab-yaşnaşi lozim bölgan köçalar örniga fayzsiz va kimsasiz köçalarni körişni istamayman. Men Xitoy fuqarolari qatʼiyat bilan olğa yurişlarini istayman!”, deb taʼkidlagan Jeki Çan.

Sarvar Anvar öğli

×