Rossiyada COVID-19ga qarşi samarali dori paydo böldi

Rossiyada COVID-19ga qarşi samarali dori paydo böldi

Rossiya olimlari koronavirus bilan kasallanganlarni davolaş uçun dori işlab çiqib, uni sinovdan ötkazişdi. Bu haqda “Vesti” xabar qilmoqda.

“Avifavir” deb nomlangan dorining birinçi partiyasi kasalxonalarga jönatilgan va u özining samaradorligini körsatgan.

Taʼkidlanişiça, uşbu dori tavsiya qilingan COVID-19 bemorlari ikki marta tezroq tuzalib ketgan.

“Uşbu dori kasallik yengil darajada keçayotgan vaqtda “tutgan” bemorlarimizda juda samarali. Pnevmaniya alomatlari va ölçami kiçrayib, ortga qaytadi”, - deydi Rossiya prezidenti işlari boşqarmasi Markaziy klinik şifoxonasining kardiologi Nikita Lomakin.

Davolanib çiqqan bemor Olga Sorokina öz keçinmalari bilan örtoqlaşgan. U uşbu dori tayinlangan birinçi bemorlardan biri bölgan.

Ayol 40 daraja harorat va öpka yalliğlanişi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Uning sözlariga köra, unga birinçi kundan “Avifavir” berişni boşlaşgan, uçinçi kuniyoq u özini yaxşi his qila boşlagan.

Uşbu dorini içganlarning beşinçi kuni COVID-19ga topşirgan testi manfiy çiqqan. Dorining klinik tadqiqotlari ikki haftadan söng yakunlanişi aytilmoqda.

Şu tariqa, Rossiya dunyoda COVID-19ga qarşi samarali dori işlab çiqargan uç davlatdan biri böladi. Bugungi kunga qadar Yaponiya (“Favipiravir” dorisi, ammo uni topiş qiyin) va AQŞ (“Remdizivir”, dori kasallik davomiyligini 15 kundan 11 kunga kamaytiradi) samarali dori işlab çiqargan edi.

Sönggi maʼlumotlarga köra, dunyoda koronavirus bilan boğliq holat 5,3 milliondan oşib ketgan. 342 mingga yaqin kişi uşbu virus qurboni bölgan. 2,1 milliondan ziyod kişi esa tuzalib ketgan.

×