Şifokor koronavirusni faqatgina maxsus tahlillar orqali aniqlaş mumkinligi haqida taʼkidlagan.
Tailandlik taniqli şifokor, yuqumli kasalliklar boʼyiça mutaxassis Vanpxen Sutsamay şu haftada Tailand poytaxtida boʼlib oʼtgan yuqumli kasalliklarning antibiotiklar va virusga qarşi preparatlarga taʼsiri muammolari boʼyiça oʼtkazilgan konferentsiyadagi iştiroki vaqtida virusga qarşi dori-darmon vositalari bilan bemorlarning mustaqil tarzda profilaktika uçun davolanişlari ularni koronavirusdan himoya qila olmasligini aytib oʼtdi.
“Virusga qarşi preparatlar yordamida oʼz-oʼzini davolaş usuli orqali profilaktika işlarini amalga oşiriş infektsiyaga çalinmaslik kafolati boʼla olmaydi” dedi şifokor.
“Bu yerda virusga qarşi preparatlar “kokteyl”ining ijobiy natijalari, oʼz-oʼzini davolaş usullari va şifokorlar tomnidan koronavirusga çalingan bemorlarni davolaşda erişilgan yutuqlarni çalkaştirib yubormaslik juda muhim. Muvaffaqiyatga koʼplab sinov hamda xatolardan keyin yirik davlat şifoxonalarining birida, yuqumli kasalliklar boʼlimidagi şaroitlar mavjud boʼlgan holatda erişilgan. Bu yerda yetuk şifokor va mutaxassislar işlaşgan, labaratoriya ham juda yaxşi jihozlangan” dedi Sutsamay.
Şifokorning soʼzlariga koʼra, inson mustaqil davolaniş hamda profilaktika işlari uçun virusli kasalliklardan himoya sifatida reklama qilinayotgan preparatni dorixonadan olib oladi. Bu kabi preparatlar esa odatda inson kasallikka çalinganidan keyin işlatiladi. Ularni profilaktik vosita sifatida qabul qiliş natijasi esa juda past.
Şuningdek, şifokor koronavirusni faqatgina maxsus tahlillar orqali aniqlaş mumkinligi, mustaqil davolaniş orqali esa bemorning atrofdagilarga ham zarar keltirişi haqida taʼkidlagan.









