Soğliqni saqlaş vazirligi aholini "soxta SES" xodimlaridan ogohlantirdi.
Toşkentning Mirobod tumanidagi "Movarounnahr" mahallasi aholisiga özlarini "Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati tuman bölimi xodimlari (SES)” deya taniştirib, turli haşarotlarga qarşi dorilarni pullayotgan şaxslar aniqlandi. Bu haqda Sanepidxizmat matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, soxta SES xodimlari deya özlarini taniştirayotganlar kelib çiqişi nomaʼlum dorilarni firibgarlik yöli bilan sotişgan.
Qolaversa, Sanepidxizmati fuqarolarni ogohlikka çaqirib, yuqoridagi holatga duç kelganda, dori sotayotgan fuqarolardan xizmat guvohnomasi, qaysi taşkilot yoki boşqarmada faoliyat yuritişi, zararsizlantiruvçi vosita sotişi va sotib olişiga asos söraşga haqli ekanligini taʼkidladi.
Şuningdek, videoda körsatilgan "soxta SES xodimlari" Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati Toşkent şahar boşqarmasi, Toşkent şahar Dezinfektsiya stantsiyasi va tuman hududiy bölimlarida faoliyat yuritmasligi maʼlum qilindi.









