2018 yilning yanvar oyida A.R. içki işlar organi xodimining kiyimini kiyib, qölbola usulda yasalgan kökrak nişonini taqib, özidan soxta yöl patrul xizmati inspektori yasab Sergeli tumani hududida “işlayotgan” vaqtda qölga tuşgan edi. Unga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 227 va 228-moddalari 1-qismida körsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik yuzasidan ayblov eʼlon qilinib, sud qarori bilan axloq tuzatiş işlari jazosi qöllanilgan edi. Ammo örgangan köngil örtansa qöymas, deganlaridek A.R. yana bir bor şu işga qöl urdi.
Şu yil 6 fevral kuni M-39 “Toşkent – Termiz” halqaro avtomobil yölida avtoradar bilan xizmat olib borayotgan Toşkent viloyati IIBB YHXB YPX inspektorlari, safdor Bekjon Yerejepov va serjant Mansur Normatovlar oldiga KAMAZ avtomobili kelib töxtadi. Haydovçi inspektorlarga yölda bir xodim işlayotganini, ammo uning bodi kamerasi va kökrak nişoni ğalatiroq ekanini aytadi.
YPX inspektorlari zudlik bilan aytilgan joyga yetib borişadi. U yerda “Neksiya-1” rusumli avtomobilda ötirgan xodimga közlari tuşadi. Undan kimligini va bu yerda nima iş bilan şuğullanayotganini söraşganida, u voqea joyidan qoçib ketmoqçi böladi. Xodimlar tezda uni qölga olib Çinoz tuman IIBga olib borişadi.

Çinoz tumani içki işlar bölimi tezkor xizmat vakillari, xususan xavfsizlik xizmati xodimlari xolislar iştirokida uning boşqaruvida bölgan avtomaşina salonini közdan keçirişganida, u yerdan 24 dona bir xil seriya va raqamli maʼmuriy bayonnomalar, Farğona viloyati içki işlar boşqarmasi tomonidan berilgan xizmat guvohnomasining rangli nusxasi, uning egnidagi kiyimiga örnatilgan, ustiga “Diqqat” yozuvi tuşirilgan qalbaki bodi kamera, yelimdan eritib yasalgan YPX inspektorining kökrak nişoni va jezl olindi.
– Muqaddam içki işlar organida işlaganman, 2016 yilda öz ixtiyorim bilan böşaganman, – deydi siri foş bölgan soxta “GAI” xodimi A.R. – Kökrak nişoni va bodi kamerani özim, qölbola usulda yasagan edim. Xato qildim, bu işimdan puşaymonman.
Hozirda Çinoz tuman içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, agar kimda-kim uşbu şaxsni tanisa va uning noqonuniy harakatlaridan jabr çekkan bölsa Çinoz tuman içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölimiga murojaat qilişlarini söraymiz.
Toşkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati.









