Toşkent viloyatida profilaktika inspektorini piçoqlagan 18 yoşli yigit qölga olindi

Toşkent viloyatida profilaktika inspektorini piçoqlagan 18 yoşli yigit qölga olindi

Toşkent viloyati Olmaliq şahrida profilaktika inspektorini piçoqlagan fuqaro aniqlandi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, profilaktika inspektori Azamat Akbarov hamda uning yordamçisiga navbatçilik qismidan janjal bölayotgani haqida xabar kelib tuşadi. Şundan söng, ular voqea joyiga yetib borib, 5–6 nafar fuqaro iştirokidagi janjalni bartaraf qilişgan.

Ammo, janjal iştirokçilarini xizmat maşinasiga ötkazib, olib ketmoqçi bölgan bir paytda nomaʼlum şaxs inspektorning ortidan ötkir tiğli piçoq bilan hujum qilgan. Natijada esa u qöl-bilak sohasidan yaralangan.

Ötlazilgan tergov harakatlari natijasida Olmaliq şahrida yaşovçi 18 yoşli Mardon Ummataliyev qölga olingan. U bundan beş kun avval 2004 yilda tuğilgan tanişi Abror Akromov bilan dökondan 13,5 mln sömlik mobil telefonga kerakli jihozlarni öğirlagani foş etilgan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, suriştiruv işlari olib borilayotgani aytilgan xabarda

×