Namangan viloyatida mansabdorlar pora bilan qölga tuşdi

Namangan viloyatida mansabdorlar pora bilan qölga tuşdi

Namangan viloyatining Pop tumanidagi ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaligi mansabdor şaxslari bilan boğliq noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Maʼlum qilinişiça, yanvar oyi boşida tuzilgan işçi guruh tomonidan örmon xöjaligi yerlaridan maqsadli foydalaniş borasida Pop ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaligiga tegişli hududlarda tekşiruv işlari ötkazilgan.

Unga köra, muassasa mansabdor şaxslarining öz vazifalariga sovuqqonlik bilan yondaşuvlari natijasida – xöjalik yer maydonlarini ijaraga olgan 5 nafar tadbirkor tomonidan tegişli taşkilotlar ruxsatisiz, özboşimçalik bilan bino va inşootlar qurilib, yer uçastkasining ixtisoslaşuvi özgartirilişi oqibatida davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgan.

Bundan taşqari, 460 nafar ijaraçilardan ijara pullari undirilmagani oqibatida davlat manfaatlariga 1 mlrd 480 mln söm zarar yetkazilgan.

Qolaversa, örmon xöjaligi mansabdorlari ayrim ijaraçilar bilan til biriktirib, 2023-2025 yillar davomida jami 5356 metr/kub noruda materiallarni noqonuniy qazib olib, davlatga 1 mlrd 322 mln sömlik zarar yetkazgan.

Tezkor tadbirda Pop ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaligining bölim örmonbegisi muqaddam xöjalik balansida bölgan va keyinçalik tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan yerlardan 20 sotix qismini tanişlari orqali Çust tumanida yaşovçi fuqaroga turar joy sifatida rasmiylaştirib beriş evaziga 15 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Söngra tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu pul mablağidan 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida Davlat kadastrlar palatasining Pop tuman filiali mutaxassisi uşlangan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Şu bilan birga, Pop ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaligi direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi şaxs xizmat mavqeidan foydalanib, yer uçastkalarini elektron onlayn-auktsion orqali ijaraga beriş tartibini buzgan holda, mahalliy tadbirkorga xöjalik balansidagi 50 sotix yer maydonini şartnoma asosida ijaraga beriş evaziga 10 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Uşbu mansabdor şaxs muqaddam bir neça bor sudlangan bölişiga qaramasdan, berilgan imkoniyatlardan töğri foydalanmagan.


Teglar:
×