Namanganda YPX inspektori qölga tuşdi

Namanganda YPX inspektori qölga tuşdi

Xabar.uz ning xabar berişiça Namangan viloyati IIB YXXB YPX inspektori A.R.ga qölga tuşdi. U avtomaşinasini suğurta polisisiz boşqarib ketayotgan R.S.ni «uşlab», unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirmaslik evaziga  pul talab qilgan. Inspektor kelişilgan pulni (ikki yuz yetmiş ming söm) bevosita özi emas, fuqaro A. O. orqali olayotgan paytda Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlanadi.

Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.R.ga nisbatan JKning 210-moddasi 1-qismi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

×