Namanganda Fuqaroga telefondan turib qöpol muomalada bölgan hokimlik xodimi intizomiy jazoga tortildi

Namanganda Fuqaroga telefondan turib qöpol muomalada bölgan hokimlik xodimi intizomiy jazoga tortildi

Joriy yilning 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hokimligi xodimining fuqaro bilan telefon orqali muloqot çoğida odob-axloqqa zid bölgan sökiniş holati yozilgan audioyozuv tarqaldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat hokimligi tomonidan mazkur holat yuzasidan örganiş ötkazildi. Audiyozuvda qayd etilgan yozuvning viloyat hokimligi xodimiga tegişli bölgani aniqlandi.

Viloyat hokimligi xodimi tomonidan yozilgan tuşuntiriş xatidan maʼlum bölişiça, uni mazkur leksikaga majburlagan subʼektiv holatlar mavjud bölgan. Biroq heç qanday sabab, davlat xizmatçisiga öz xizmat vazifasini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarmasligiga hamda fuqarolar bilan muloqot çoğida umumeʼtirof etilgan axloq qoidalariga zid bölgan sözlardan foydalanişga asos böla olmasligi qayd etiladi hamda viloyat hokimligi xodimining uşbu hatti-harakati keskin qoralanadi.

Viloyat hokimligi tomonidan uşbu xodimga nisbatan intizomga xilof nojöya harakat sodir etilganlik fakti böyiça hayfsan qöllaş töğrisida buyruq çiqarildi hamda bunday holatning takrorlanişi mehnat şartnomasini bekor qilinişiga olib kelişi yuzasidan ogohlantiriş berildi.

×