Namangan viloyatida yaşovçi 24 yoşli ayol OITSga çalinganini bila turib, ogohlantirişlarga qaramasdan bir neça erkaklar bilan işqiy munosabatda bölib kelgani aniqlandi. Bu haqda Zo‘r TV kanalining «Bu kun» körsatuvida maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinişiça, qiz otasining vafoti, onasining boşqa erkakka turmuşga çiqişi oqibatida pulsizlikdan qiynalib, 15 yoşga tölar-tölmas fohişalik yöliga kirgan. Natijada 2020 yil aprel oyida unda OIV infektsiyasi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB, Jinoyat-qidiruv boşqarmasi, OIV infektsiyasi tarqalişiga qarşi kuraş guruhi va viloyat OITSga qarşi kuraş markazi masʼul xodimlari tomonidan uşbu qiz bilan muntazam profilaktik suhbat olib borilgan. U infektsiyani boşqa şaxslarga yuqtirganligi uçun jinoiy javobgarlik mavjudligi töğrisida ogohlantirilgan bölsa-da, u bunga qaramay bir neça şaxslar bilan işqiy munosabatda bölib kelgan.
«Onam turmuşga çiqib ketgandan söng, uyga borsam toğamning ayoli seni oying olib ketgan, endi bu yerda yaşamaysan, deb uyga siğdirmadi. Mahalla qömitasidagilar seni bolalar uyiga beramiz, deganidan keyin uydan çiqib ketganman.
Şundan keyin 10 kun köçada yotib yurganman. Söngra köçada qolib şu yölga kirganman», – deydi ayol.
OITSga çalingan ayol bundan afsusda ekanini aytib, endi u yaxşi yölga kirmoqçi ekanini maʼlum qilgan.
Ayol qilmişiga çin köngildan puşaymonligi, özi bilan aloqa qilgan 6 nafar fuqaroda virus alomatlari aniqlanmagani hamda muqaddam jinoyat sodir etmagani sabab unga nisbatan qözğatilgan jinoiy iş Jinoyat protsessual kodeksining 84-modda 5-qism 1-bandiga (işni tergov qiliş yoki sudda körib çiqiş paytiga kelib, qilmiş ijtimoiy xavflilik xususiyatini yöqotgan yoxud vaziyat özgarişi oqibatida bu şaxs ijtimoiy jihatdan xavfli bölmay qolgan jinoyat işini tugatiş) asosan qözğatişdan rad etildi.
Avvalroq Sirdaryoda ayol bila turib eriga OITS yuqtirgani, biroq erining daʼvosi yöqligi bois qamalmagani xabar qilingandi.









