Toşkentda «‘zamministr’ning ikkinçi xotini» jazoga tortildi

Toşkentda «‘zamministr’ning ikkinçi xotini» jazoga tortildi

Toşkent şahrida ötkazilgan reyd tadbirida ayol va uning şerigi YPX xodimlariga qarşilik körsatib, «Men ‘zamministr’ning ikkinçi xotiniman, hozir bitta telefon qilaman», degani va ayol videomurojaat bilan çiqqani xabar qilingandi. Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi axborot xizmati ayol qoidabuzarligi uçun jazolanganini maʼlum qildi.

Unda aytilişiça, 27 avgust kuni boşqaruv vaqtida qöl telefondan foydalangani uçun 1996 yilda tuğilgan Madina Eşonqulova haydovçilik guvohnomasiga ega bölmasdan avtomobil boşqargani, boşqaruv vaqtida telefondan foydalangani böyiça Toşkent viloyati Yöl-patrul xizmati xodimi Yu.Saydaliyev tomonidan bayonnoma tuzilib, «Nexia-3» avtomobili vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga qöyilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda «‘zamministr’ning ikkinçi xotini» organ xodimlariga qarşilik körsatgani böyiça izoh berilgandi. Şuningdek, Andijonda jarima maydonçasida ayol va YPX xodimlari örtasida janjal yuzaga kelgani va Surxondaryoda erkak IIB xodimiga qarşilik körsatib, uni kaltaklagani xabar qilingan.

×