Namozga ruxsat bermagan rahbar jazoga tortildi

Namozga ruxsat bermagan rahbar jazoga tortildi

Finlandiya. Xelsinki Turar joy boşqarmasiga işga kirmoqçi bölgan musulmon kişining iş vaqtida namoz öqişiga ruxsat berilmagani va u işga olinmagani kamsitiş sifatida baholandi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib Azon.uz xabar bermoqda.

Maʼlum bölişiça, 2016 yilda boşqarmaga Xelsinki şahri hokimligi tavsiyasiga köra loyiha boşqaruvçisi sifatida işga kirayotgan musulmon kişi şartnoma imzolanayotgan payt iş vaqtida namoz öqiş uçun oddiy kunlari beş daqiqaça, juma kuni esa bir soatça vaqt kerak bölişini aytib, ruxsat söragan. Ammo uning iltimosi rad etilgan, özi esa lavozimga tasdiqlangan bölişiga qaramay, işga olinmagan.

Sudya daʼvogarning ibodat erkinligiga tösqinlik qilingan degan xulosaga keldi. Turar joy boşqarmasi sobiq direktori Sisko Maryamanaa 40 kunlik qamoqqa hukm qilindi, bu hukm 1800 yevro jarimaga özgartirildi.

“Ibodat erkinligi doirasida iş joylarida qisqa muddatli ibodatlarga ruxsat berilişi va buning uçun maoşdan uşlab qolinmasligi kerak”, – deyiladi sud qarorida.

Xelsinki şahri hokimligi suddan oldin daʼvogar bilan kelişib oldi va unga tovon puli sifatida 36 ming yevro tölaydigan böldi.

×