Buxoro viloyati, Jondor tumanida turmuş örtoğining jazmanini videotasvirga olib, uni «samosud» qilgan ayol jarimaga tortildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Şuhrat Jalolov maʼlum qildi.
Holatga köra, ijtimoiy tarmoqlarda «Ayol erining öynaşini tiz çöktirdi» mazmunidagi video tarqalgan. Unda turmuş örtoği bilan xufyona uçraşib kelgan ayolni tiz çöktirgan holda eri bilan boşqa uçraşmaslikka daʼvat qilgan ayol suhbati aks etgan.
Mazkur videolavha yuzasidan Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi masʼul xodimlari tomonidan örganuv işlari olib borilgan. Unga köra, Jondor tumanidagi «Pahlavon» mahallasida yaşovçi 29 yoşli Z.F. öz turmuş örtoği bilan tumanning «Yangiobod» mahallasida yaşovçi D.D.ning işqiy munosabatda bölib kelayotganini aniqlagan. Va u D.D.ni izlab topgan. Nafrat tuyğusi ortgan Z.F. D.D.ni yakka holda uşlab, nafaqat eri bilan, balki boşqa erkaklar bilan ham birovlarning oilasini buzib, yana işqiy munosabatni davom ettirmaslikka daʼvat etgan. D.D.ni tiz çöktirib, uning holatini videotasvirga olgan.
Şundan söng fuqaro D.D. tuman içki işlar bölimiga Z.F. bu hatti-harakatlari bilan uning qadr-qimmatini kamsitganlikda, nojöya sözlar bilan haqorat qilganlikda ayblab murojaat qilgan.
Viloyat IIB masʼul xodimlarining holat yuzasidan olib borilgan iş yuzasidan rasmiy munosabat berilgan. Va tegişli tartibda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilgan. Mazkur maʼmuriy iş hujjatlari mazmunan körib çiqiş uçun Jinoyat işlari böyiça tuman sudiga yuborilgan.
Tuman sudining qaroriga köra, fuqaro Z.F. Özbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasida (Haqorat qiliş) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli, deb topilgan. Unga bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravari, yaʼni 1.200.000 söm jarima jazosi tayinlangan.
Holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari örtasida muhokamaga aylangan. Ular örtasida «Nega boşida eri böla turib, boşqa birovning eri bilan işqiy munosabatda bölib kelgan ayol emas, balki uni ogohlantirgan ayol jarimaga tortilib, tovon tölayapti? Vaholanki, fahş yölni tanlagan ayolni tiz çöktirib, söroq qilgan ayol suhbatida heç qanday haqoratli sözlar yöq! Birovning oilasini buzib, uning eri bilan işqiy munosabatda bölib kelgan ayol nega jazosiz qolyapti?» — degan savollar oşgan.
«Z.F. bunday vaziyatda holat yuzasidan özi qaror çiqargan holda özi jazolaşga uringan, yaʼni «samosud» qilgan. Buni esa qonunlarimiz rad etadi. U zudlik bilan içki işlar organlariga murojaat qilişi va holatga oydinlik kiritib berişni talab qilişi lozim edi. Birovni kimsasiz joyda tiz çöktirgan holda söroqqa tutiş, unga talablar qöyiş va yetmagandek, bu holatni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yuboriş ortida inson şaʼni va qadr-qimmati turadi. Unutmaylikki, fuqaro fohişa, öğri, qotil, huququbuzar bölsin, ammo uning ortida inson şaxsi yotadi», — deya javob bergan Şuhrat Jalolov.
Manba: Xabar.Uz









