Ikki kun avval Xitoydan kelgan talaba yigit koronavirus bilan gumonlanib Andijon viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizildi.
Ismi oçiqlanmasligini söragan kasalxona vraçining aytişiça, isitma va boş oğriqdan şikoyat qilgan bemor 1 fevral kuni şifoxonaga murojaat qilgan.
Bemor boşqa kasallardan böşatilgan alohida palataga yotqizilgan.
Kasalxona şifokori tekşirişda koronavirus aniqlanmaganini aytmoqda.
Andijonning Jalaquduq tumanidan bölgan bemor ikki kun avval Xitoydan kelgani, Toşkent aeroportida heç kim uni tekşiruvdan ötkazmaganini şifokorlarga aytgan. Bemor şifoxonaning 2-bölimidagi alohida palataga olingan, barça şifokorlarga maska taqiş buyurilgan.
“Isitma 37,5, boşqa heç narsa yöq. Na tomoqda qizariş, na kataral belgi, na yötal, na köz qizarişi bor. Lekin, koronavirus emas. Şunga qaramay bemor alohida palataga olindi”, - dedi şifoxonaning boş vraçi yordamçisi.









