Ular avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasiga kelgan haydovçilarni AGTKŞ hududiga navbatsiz kiritiş evaziga pul olgan.
Aniqlanişiça, Andijon viloyati, Oltinköl tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor suriştiruv harakatlari olib borilib, “SIFATLI METAN GAZ” MÇJ avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasiga navbatsiz kiritayotgan 2 nafar şaxslar şu tumanda yaşovçi K.Ö va S.O.lar ekanligi maʼlum bölgan.
Uşbu fuqarolarga nisbatan MJtKning 183 (mayda bezorilik), 194-modda (IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi hamda 200-moddalariga (özboşimçalik) asosan hujjatlar rasmiylaştirilib, qonuniy tartibda körib çiqişlik uçun Jinoyat işlari böyiça Oltinköl tuman sudiga yuborilgan, deyiladi xabarda.
Joriy yilning 12 dekabr kuni Jinoyat işlari böyiça Oltinköl tuman sudi tomonidan K.Ö va S.O.larga nisbatan töplangan maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilib, ularga nisbatan 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.









