Qöqonda Xitoydan qaytgan 20 yoşli talaba yigit vafot etdi. Marhum M.A. 2019 yilning kuzidan buyon Xitoyning Guylin şahrida öqişda bölgan. Joriy yil 31 yanvar kuni Xitoydan töğridan-töğri aviaqatnovlar yöqligi uçun Janubiy Koreya orqali Özbekistonga qaytgan.
Qöqon şahar davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi tomonidan berilgan rasmiy izohda Xitoydan qaytgan talaba vafoti tasdiqlanib, fuqaro ölimi dastlabki sud tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, is gazidan zaharlaniş oqibati kelib çiqqanligi, Xitoyda tarqalgan koronavirus xastaligi bilan boğliqlik alomatlari aniqlanmagani taʼkidlanadi.
Maʼlum bölişiça, joriy yil 5 fevral kuni Özbekiston tumanida yaşovçi M.A. özi istiqomat qiladigan uy hammomiga yuviniş uçun kirib ketib, bir neça soat davomida qaytib çiqmagan.
Şundan söng uning yaqinlari hammom eşigini buzib kirişganida yigit jonsiz holatda yotganiga guvoh bölişgan.
Murda dastlabki sud tibbiy tekşiruvidan ötkazilganida unda is gazidan zaharlanişga xos bölgan maxsus spetsifik belgilar aniqlangan.
Qayd etilişiça, M.A. til örganiş maqsadida 2019 yil 15 noyabrda Xitoyga borib, joriy yil 31 yanvar kuni Janubiy Koreya orqali Özbekistonga qaytgan. U yurtimizga qaytib kelgan kuniyoq Özbekiston tumanidagi poliklinikada tibbiyot xodimlari tomonidan körikdan ötkazilgan va ikki haftalik nazoratga olingan bölib, unda heç qanday kasallik alomatlari aniqlanmagan.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun.!









