Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Ğazo sektoridagi Al-Ahli şifoxonasiga uyuştirilgan havo hujumini qoraladi. Bu haqda bugun, 18 oktyabr kuni TIV bayonot berdi.
“Ğazo sektoridagi Al-Ahli kasalxonasiga uyuştirilgan havo hujumi oqibatida köplab insonlar halok bölgani haqidagi xabarni çuqur qayğu bilan qabul qildik. Bu dahşatli zöravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qöpol buzilişi deb hisoblaymiz”, deyiladi bayonotda.
Özbekiston TIV vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirgan holda, mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni töxtatişga hamda öt oçişdan tiyilişga çaqirgan.









