Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov 2025 yil 24 dekabrdan 25 dekabrga ötar keçasi Moskvada şoşilinç tarzda şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda unga yaqin manbaga tayanib, “Novaya gazeta. Yevropa” xabar berdi.
Naşr manbasining sözlariga köra, Qodirov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin raisligida ötkazilişi kerak bölgan Davlat kengaşi yiğilişida iştirok etiş uçun poytaxtga borgan. Biroq uning soğliği keskin yomonlaşgan va u reanimobil orqali Rossiya Prezidenti işlar boşqarmasiga qaraşli Markaziy klinik şifoxonaga yetkazilgan. Bunday holat uçun zaxira reja közda tutilmagani sababli, Davlat kengaşi Çeçeniston vakilisiz ötkazilgan.
“Moskvada uni zörğa öziga keltirişdi, şundan söng u uyiga qaytdi va şundan beri jamoatçilik oldida körinmadi”, deydi naşr manbasi.
Eslatib ötamiz, 2025 yil boşida Qodirov Grozniydagi “Aymedi” xususiy klinikasiga ham yotqizilgan. Şundan keyin uning ahvoli yomonlaşişda davom etgan. Buni Qodirov yaqinda ötkazilgan “töğridan-töğri muloqot” çoğida bilvosita tan olib, joriy yilda rasmiy taʼtilga tört marta çiqqanini aytgan. Şuningdek, u özining yomon ahvoliga işora qiluvçi belgilarni ham izohlab bergan. Xususan, Çeçeniston rahbari, buni Ukrainadagi uruşda iştirok etayotgan çeçen jangçilari uçun xavotirlar bilan izohlagan.
Şu bilan birga, yil davomida Qodirov bir neça bor özining kasalligi haqidagi miş-mişlarni rad etib kelgan. Avgust oyida u “soğlom” ekanini aytib, har kuni yiğiliş ötkazişiga hojat yöqligini, “çunki iş tizimga solinganini” bildirgan. Sentyabrda esa soğligi bilan boğliq gaplar çiqqanida har safar 50 marta turnikda tortilişini aytgan.
Ayrim manbalar Qodirovning buyraklari bilan boğliq muammolari bölişi mumkinligini bildirmoqda. Şuningdek, unda oşqozonosti bezining nekrozi borligi haqidagi taxmin ham mavjud. Biroq aniq taşxis nomaʼlum, çunki bu haqdagi maʼlumotlar qatʼiy yaşiriladi.









