IIV Toşkentda metrosiga özini taşlagan mast ayol voqeasi yuzasidan izoh berdi

IIV Toşkentda metrosiga özini taşlagan mast ayol voqeasi yuzasidan izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Alişer Navoiy» metro bekatida yölovçi böş turgan bekat temir yöliga sakrab tuşib, yotib olgani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan Içki işlar vazirligi axborot berdi.

Toşkent metropolitenining «Alişer Navoiy» bekatida 28 dekabr kuni soat 21:23 da 38 yoşli ayol özini yaqinlaşib kelayotgan poyezd ostiga taşlaş maqsadida ataylab poyezd yöliga yotib olgan.

Qayd etilişiça, mazkur bekatda xizmat olib borayotgan IIV, Transportda xavfsizlikni taʼminlaş boş boşqarmasi, Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlaş boşqarmasi saf bölimi xodimlari Yöldoşev, katta serjant Jörayev hamda bekat navbatçisi tomonidan darhol kerakli çoralar körilib, bekatga 34-sonli marşrut kirib kelişining oldi olingan.

Ular fuqaroni poyezd yölidan olib çiqib, IIB xonasida birinçi yordam körsatgan.

Maʼlum bölişiça, piyoda bundan avvalroq platforma çetida turgani sabab xodimlar tomonidan ogohlantirilgan. Xodimlar tomonidan yölovçining şaxsiga aniqlik kiritilgan, biroq öta mast ekanligi sababli u bilan sifatli suriştiruv ötkazişning imkoni bölmagan.

Söngra tez tibbiy yordam çaqirtirilib, 16-sonli Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Navbatçi şifokor tomonidan berilgan taşxisda ayolda alkogol mastlik holati mavjudligi hamda çap oyoq tizza sohasi yumşoq töqimalari lat yegani maʼlum qilingan.

Holat yuzasidan dastlabki hujjatlar rasmiylaştirilib, suriştiruv işlari olib borilmoqda.

×