Ijtimoiy tarmoqlarda «Ğuzorda 17 yoşli qiz öz otasini öldirib qöygani aytilmoqda» nomli xabar tarqalgan.
Joriy yilning 18 avgust kuni soat 07:00 larda Ğuzor tumani, Pastqovçin qişloğida yaşovçi marhum X.Ş. yaşaş uyi darvozaxonasida vafot etgan holda topilgan.
Aniqlanişiça, marhum X.Ş. spirtli içimlikka ruju qöyib, voyaga yetmagan qizi Q.O.ning oşxonada işlab topgan pulini olib spirtli içimlik isteʼmol qilib kelgan, şuni oqibatida ota va qiz örtasida yuzaga kelgan janjal tufayli Q.O. özini himoya qiliş maqsadida otasining boş qismiga yoğoç bölagi bilan bir neça marotaba urib tan jarohati yetkazgan, X.Ş. qizini haqorat qilişda davom etavergaç, Q.O. otasini mast holda uydan çiqib ketmasligi uçun uning qöl-oyoğini sim bilan boğlab, yaşaş uyidan çiqib ketgan.
Söngra, şu kuni soat 19:30 larda uyiga qaytib kelib, otasini qöl-oyoğini yeçib, şu joyning öziga körpa-töşak va yostiq tayyorlab uni yotqizib, uyda qolişdan qörqqanligi sababli, dugonasi R.D.ning uyida tunab qolgan.
Ertasi kuni soat 05:00 larda uyiga kelganida otasining vafot etganligini körib, qöşnilariga xabar bergan.
Holat yuzasidan Ğuzor tuman prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









