Andijonlik ona öğli MIBda işlaşini xohlamayapti...

Andijonlik ona öğli MIBda işlaşini xohlamayapti...

Bu galgi tadbir avvalgisidek biroz jöşqin va bahs-munozaralarga boy ötmasligi ehtimoli yuqori edi. Zero, kuni keça Andijon tumanida sodir bölgan fojea köpçilikni «şok»ka tuşirgan, uning taʼsiri hali nari ketmagandi.

Şunday böldi ham. Majburiy ijro byurosi (MIB) Andijon viloyati boşqarmasi va hududiy tuman bölimlarining 2019 yilgi faoliyati sarhibosi böyiça uyuştirilgan brifingda mavzu yuzasidan muxtasar maʼlumotlar berildi. Söng, kutilganidek, asosiy gap ijroçilari közi öngida özini yoqib yuborişi natijasida vafot etgan fuqaroga oid holat tevaragida keçdi.

MIB viloyat boşqarmasi mutasaddilarining taʼkidlaşiça, ayni mavzuda ijtimoiy tarmoqlarda bong urilgaç, köpçilik marhum (uydan majburiy köçirişga doir fuqarolik işida javobgar) tarafni yoqlamoqda. Insoniy his-tuyğular şunga undaydi, albatta. Yoş, navqiron yigitning bu tarzda vafot etişi, darhaqiqat, fojea. Şu maʼnoda marhumning yaqinlarini tuşuniş ne, balki his qiliş mumkin. Biroq masalaning ikkinçi tomoni ham bor. Javobgarni uydan köçiriş töğrisida qonuniy kuçga kirgan sud qarori mavjud. Sud qarori esa sözsiz ijro etilişi kerak. MIBçilarning vazifasi şu.

Javobgarni uydan köçiriş böyiça ijro harakatlari bir marta keçiktirilgan. Bu vaqt mobaynida sud qarori qonuniyligi yuqori instantsiyalarda körib çiqilib, öz kuçida qoldirildi. Bu esa ijro harakatlari töxtatilgan joyidan davom ettiriş lozim ekanini anglatadi.

Matbuot anjumaniga daʼvorgar tarafdan (sud qarori böyiça uyga kiritib qöylişi lozim bölganlar) vakil ham taklif etilgan ekan. Uning aytişiça, avvaliga ijro harakati jarayoniga içki işlar xodimlari ham jalb etilgandi. Javobgar yana bir kun vaqt berişi, şunda uyning kalitini öz ixtiyorlari bilan topşirişini aytganidan söng rozi böldik. Şuningdek, uning qöni-qöşnilar oldida xijolat bölişayotgani, köçiriş jarayoniga içki işlar organlari xodimlarini jalb etmaslik haqidagi gaplari ham töğri qabul qilindi.

Şu sabab ertasiga faqat byuro xodimlari bilangina bordik, - deydi daʼvorgar vakili. – Biroq bir kun avvalgi gaplariga teskari ravişda javobgar «uyni böşatmaymiz», deb oyoq oldi. Vaziyat taranglaşayotganini sezib, içki işlar xodimlari bilan kelmasak bölmaydi deb, ortga qaytayotgan edik. Ammo maşinaga ötirar-ötirmas, javobgar öziga benzin sepayotganiga közimiz tuşdi. Atrofda boşqa odamlar ham bor edi, ammo... ulgurişmadi.

Ijroçilardan biri ustidagi kurtkasi bilan, yana biri esa çelakda suv taşib olovni öçirişga yordamlaşişdi hamda zudlik bilan şifoxonaga yetkazildi. Biroq...

Byuro viloyat boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Hamidullo Masaitovga köra, ijro jarayoni doim silliq keçavermaydi, aksar holatda qarzdor yoki javobgarlarning janjal-töpolonlari sabab MIB xodimlarining öz vazifasini bajarişlari oğir keçadi. Xizmat vazifasini bajarişi jarayonida tan jarohati olgan, hatto vafot etgan xodimlar bor.

Boş prokuratura holat böyiça jinoyat işi qözğatilganini maʼlum qilgan. Ayni paytda tergov harakatlari ketmoqda. Fojea bilan boğliq barça holatlar aniqlanib, huquqiy baho beriladi.

Yana bir gap. Yaqinda davlat ijroçilaridan birining onasi byuro viloyat boşqarmasiga uçraşib, öğli tizimda ortiq işlamasligi, uni işdan böşatişlarini sörabdi. Nega? «Öğlim işdan qaytguniça yurak hovuçlab ötirişdan çarçadim, bolam», debdi onaxon...

×