Bugun, 18 dekabr kuni Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali «Media hall»ida bölib ötgan «Yangi Özbekiston — yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbirida andijonlik Abdulloh Tohirovning «bir yöqolib, keyin topilişi»ga oid masala yana bir karra kötarildi. Maʼlumki, şu yilning 27 oktyabr kuni Andijon viloyati IIBga çaqirtirilgan 20 yaşar Abdulloh Tohirovning daragi çiqmayotgani katta şov-şuvga sabab bölgandi.
Oradan ön ikki kun ötib, yigit topilgandi. Biroq şunça vaqt qayerda va nima sababdan uşlab turilgani haqida özi heç nima demaydi. Bu orada IIV matbuot xizmati «A.Tohirov işi bilan boşqa idora şuğullanayotgani, bu haqda OAV uçun axborot beriladi», degan mazmunda xabar beradi. Biroq yigitning işi bilan «qaysi idora» şuğullangani ham, u haqdagi maʼlumot ham nasiyaga kolib ketadi. Mazkur sirli holatga haligaça aniqlik kiritilgani yöq.
Şu mazmundagi savolga bugun Içki işlar vaziri Pölat Bobojonovning javobi qisqa böldi: «A.Tohirovni içki işlar xodimlari uşlaşmagan (?), bu haqda bizda heç qanday maʼlumot yöq».
Tadbirda iştirok etayotgan Boş prokuratura rahbariyati ayni savolga sukutni ravo kördi.









