Andijonlik tadbirkor MIB xodimiga benzin sepib, yoqib yuborişga urindi (video)

Andijonlik tadbirkor MIB xodimiga benzin sepib, yoqib yuborişga urindi (video)

Andijon viloyatining Xonobod şahrida tadbirkor xizmat vazifasini bajarayotgan MIB xodimiga qarşilik körsatib, unga benzin sepib, yoqib yuborişga urindi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.

Majburiy ijro byurosi viloyat boşqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilişiça, Qörğontepa tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 11 martdagi ijro varaqasiga köra, undiruvçi ATB «Özsanoatqurilişbank» Xonobod şahar filiali foydasiga qarzdor MÇJdan 459 million 871 ming söm kredit qarzdorligini undiriş hamda undiruvning garov taʼminoti hisoblangan Xonobod şahar «Abdirauf Fitrat» MFY Şifokor köçasida joylaşgan 1410 kv/metr yer maydoniga ega xizmat körsatiş bino-inşootlariga qaratiş belgilangan.

Foto: Videodan kadr

Biroq MIB Xonobod şahar bölimi xodimlarining ogohlantirişlariga qaramay, MÇJ rahbari kredit qarzdorligini qoplamagan. Şu sabab tadbirkorning garovdagi mulki auktsion savdolariga çiqarilgan. Bino auktsionda sotilmagaç, bankka köçmas mulk sifatida qabul qiliş haqida taklif berilgan.

Uşbu holat yuzasidan byuro xodimlari binoni bank ixtiyoriga topşiriş haqida ogohlantiriş maqsadida qarzdor bilan uçraşgan paytda qarzdor, MÇJ taʼsisçisi M.Yu. byuro bölim boşliğiga benzin sepib, yoqib yubormoqçi bölgan. Ijro jarayoniga jalb etilgan içki işlar xodimi tadbirkorning qölidagi «zajigalka»ni tortib olgan. Ayni jarayonda benzin içki işlar xodimiga tökilib, uning hayoti ham xavf ostida qolgan.

Mazkur holat yuzasidan Xonobod şahar prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.

×