Turkmaniston prezidentining öğli hokim böldi

Turkmaniston prezidentining öğli hokim böldi
Foto: «360tv.ru»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning öğli Serdar Berdimuhamedov Axal viloyati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, prezident Axal viloyati sobiq rahbari Şohrat Amangeldiyevni boşqa işga ötganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etgan.

Serdar Berdimuhamedov rahbar etib tayinlanguniga qadar viloyat rahbari örinbosari bölib işlab kelayotgandi. Axal viloyati mamlakatning janubida joylaşgan bölib, Turkmanistonning beş viloyatidan biri hisoblanadi.

Serdar Berdimuhemedov 1981 yilda tavallud topgan. Niyozov S.A. nomidagi Turkmaniston qişloq xöjaligi universitetini muhandis-texnolog mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

Serdar — Turkmaniston prezidentining yagona öğli. U 2016 yili mamlakat parlamentiga saylanib, siyosatga kirib kelgandi.

×