Namangan şahar MIB tomonidan 2021 yil fevral oyida viloyat Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan birga ötkazilgan tezkor tadbir davomida ikki fuqaro 50 dollarlik 141 ta qalbaki kupyurani muomalaga kiritayotgan vaqtida qölga olingan edi. Namangan şahar MIB tomonidan 2021 yil fevral oyida viloyat Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan birga ötkazilgan tezkor tadbir davomida ikki fuqaro 50 dolla
Ular Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi «b» va «v» bandlari (bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib köp miqdorda qalbaki çet el valyutasini ötkaziş) bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 8 oktyabr kuni esa sud qarori ijrosini töliq taʼminlaş maqsadida daliliy aşyo — qalbaki 7050 dollar yoqib yuborildi.
Namangan viloyati MIB matbuot kotibi Sohibjon Rapiqovning maʼlum qilişiça, viloyatda 2021 yil boşidan beri kamida uç marta şunday rasmiy «dollar yoqiş» tadbiri ötkazilgan bölib, umumiy hisobda 27 150 qalbaki dollar yöq qilingan.









