«Bir kuni oyoğini sindirib, uyga bir oyoqda sakrab kelgan». Lola Karimova-Tillayeva otasini xotirladi

«Bir kuni oyoğini sindirib, uyga bir oyoqda sakrab kelgan». Lola Karimova-Tillayeva otasini xotirladi

Bugun, 30 yanvar — Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. Şu munosabat bilan Lola Karimova-Tillayeva «Instagram»dagi sahifasida otasini xotirlab, post qoldirdi.

«Bugun tavallud topgan kuningiz va biz — farzandlaringiz uşbu sanani yod etib, sizni xotirlaşimiz uçun yetarliça sabab bor.

Vaqt ötib, yoşim ulğaygan sari siz aytgan sözlar, menga bergan maslahatlar va eng muhimi, menga örnak bölgan xatti-harakatlaringizning çuqur maʼnosini anglab borayapman.

Buning uçun minnatdorman va baʼzi xotiralarim bilan sizni öziga aziz deb bilgan hamda otalari kabi hurmat qilgan köpgina insonlar bilan örtoqlaşmoqçiman.

Uruşdan keyin deyarli barça erkaklar tamaki çekişgan, bu illatning soğliqqa qançalik zararligini bilmagan holda.

Otam ham öşa paytlarda çekkanlar, ammo buni zararini bilib, darhol taşlagan ekanlar. Öşa paytda yoşlari 40 da edi va öşa yili men dunyoga kelganman. Men otam qöllarida sigaret uşlaganlarini eslay olmayman. Faqat bu yomon illatga salbiy munosabatlarini eslayman. Ular odamlar çekkanini yoqtirmasdilar va tamaki hidini yomon körar edilar. Bu munosabatlari bilan atrofdagilarga ham köp yillar davomida öz taʼsirlarini ötkazganlar.

Hamişa muntazam ravişda sport bilan şuğullanganlar. Yoşroq bölganlarida professional ravişda kuraş bilan şuğullanganlar. Bir kuni «trenirovka»da oyoqlarini sindirib, uyga bir oyoqda sakrab kelganlar. «Taslim bölgim kelmadi» deya onamga tuşuntirgandilar.

Uşbu jarohatdan söng sport bilan şuğullanişda davom etaverdilar, suzişni boşladilar. Sport kundalik jadvallarining ajralmas qismi edi. Yoşligimda, esimda, yarim keçagaça işlasalar ham sportga baribir vaqt topar edilar. Kun çiqişi bilan turib, ertalab soat oltilarda «trenirovka»ga ketar edilar.

Keyinçalik katta tennis bilan jiddiy şuğullandilar. Hayotlarining oxirigaça. Umrlarining sönggi kunlarida yonlarida kasalxonada bölganimda şifokorlar jismonan juda baquvvat inson ekanlarini va 78 yoşli qariyaga öxşamasliklarini aytişar edi. «Soğlom tanda soğlom ruh» degan ibora ular uçun hayot maslagi edi. Şifokorlarga murojaat qilişni yoqtirmasdilar va soğlomliklari, köp jihatdan, metin irodalari tufayli edi. Ovqat tanavvul etişda kamtarona edilar, ortiqçalikka yöl qöymasdilar, ziyofatlarni yoqtirmaganlar. Katta dasturxon faqat bayramlarda yozilardi. Işga butunlay berilgan inson edilar.

Hayotda örnak bölgan fazilatlari bu mavjud şaroitni oldilariga qöygan maqsadga böysundira oliş, ötmiş haqida afsus çekmasdan hamişa olğa yuriş qobiliyati edi.

P.S. Uşbu satrlarni yozişni tugatar ekanman, Toşkentda 30 yanvar kirib kelgan va sahar ham yaqinlaşyapti. Yuragim tez-tez urar ekan, köz yoşlarimni uşlab turişga harakat qilaman. Sizga atalgan şunça köp tabriklar, postlar, suratlaringiz… Nevarangiz mehr bilan «bobo» dedi. Bugun minglab insonlar haqingizga duo qilib, sizni mehr bilan yodga oladilar», deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.

×