Maryam Tillyayeva buvisi bilan birinçi marta Oqsaroyga borib, bobosini xotirladi

Maryam Tillyayeva buvisi bilan birinçi marta Oqsaroyga borib, bobosini xotirladi

Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva Toşkentga qaytdi. U buvisi – Karimovning bevasi Tatyana Karimova bilan Oqsaroy qarorgohida örin olgan Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bağişlangan “Butun olamni jo qilgan yurak” badiiy körgazmasini tomoşa qildi. 

Maryamning aytişiça, u bobosi vafotidan keyin ilk bor Oqsaroyda bölib turibdi. 

“Döstlar men sizlarni bobom şarafiga barpo etilgan xotira yodgorligi va muzeyi bilan taniştirmoqçiman. Muzey uning vafotidan keyin Oq uyda taşkil etilgan. Hozir bu yerda bobom şarafiga taqdimot bölyapti. Ammo undagi barça portretlar uning vafotidan keyin tayyorlangan. Negaki u suratga tuşişni yoqtirmagan. Men bu yerda bölmaganim uçun bularning barini köriş qiziq”, deydi Maryam Instagram’dagi sahifasida. 

U tarmoqdagi foydalanuvçilariga körgazmadan örin olgan suratlarni körsatib, bolalik xotiralarini va bobosi bilan ötkazgan damlarini yodga olgan. 

Ötgan yilning noyabrida Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova ham buvisi Tatyana Karimova bilan darz ketgan munosabatlarni tiklab, Oqsaroy qarorgohiga borgan edi. 

Maryamning qayd etişiça, Islom Karimov muzeyi ayni vaqtda taʼmirlanmoqda. 

Maryam Tillyayeva rossiyalik bloger Amiran Sardarov bilan 2021 yilning aprel oyida turmuş qurdi. Şu yilning avgust oyida esa ijtimoiy tarmoqlarda Maryam Tillyayevaning yalanğoç holatdagi surati tarqaldi. Keyinroq uşbu surat uning turmuş örtoği Amiran Sardarovning Instagram’dagi sahifasidan köçirib olingani maʼlum böldi. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarni keltirib çiqardi. Köpçilik Maryamni bobosi Islom Karimovning xotirasiga hurmatsizlikda aybladi. 

Oradan köp ötmay, Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi şaxsiy sahifasi orqali bayonot bilan çiqib, bu qizining şaxsiy hayoti ekani va uni Birinçi Prezident Islom Karimov bilan boğlaş noörinligi haqida gapirdi. 

Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmuş örtoği Timur Tillyayev qizi Maryam bilan aloqalarni uzgan. Bu haqda  Amiran Sardarov ötgan yilning dekabr oyida bergan intervyusida söz oçgan. 

Amiranning aytişiça, u Maryamning hayotida paydo bölgaç, qizning ota-onasi u bilan aloqalarni uzgan. Ular Amiranni oilaga mos kuyov sifatida qabul qilmagan. 

Fevral oyi boşida Amiran Maryam bilan ajraşganini eʼlon qildi. Hozirgaça Tillyayeva bu masalada izoh bergani yöq. 

×