Namangan viloyatining Pop tumanida erini piçoqlab, tilla tişlarini sindirib olgan ayol 13 yilu 3 oyga qamaldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Oliy sud Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, voqea 2022 yilning 12 avgust kuni Namangan viloyati Pop tumanining “Istiqbol” mahallasidagi köp qavatli uyda sodir bölgan. Uşbu uyda yaşovçi ayol U.U. eri D.Y.ning uxlab yotganidan foydalanib, yostiq ostida turgan oş piçoq bilan qasddan öldiriş maqsadida tösatdan unga hujum qilib, avval çap bel va qöltiq sohalariga ikki marotaba urgan.
D.Y. baqirgan holda uyğonib, özini himoya qiliş maqsadida sakrab örnidan turganida, olgan tan jarohatlari oğirligi sababli muvozanatini yöqotgan va xona devor ostiga suyangan holda yiqilgan.
U.U. özining jinoiy harakatlarini davom ettirib, ojiz ahvolda qolgan turmuş örtoği D.Y.ning oldi çap kökrak sohasiga ikki marotaba urib, uni öldirgan.
Şundan söng U.U. turmuş örtoğining oğiz böşliğidagi tişlarida bölgan 4 dona tilla qoplamalarni öğirlik yöli bilan talon-toroj qiliş maqsadida, ğişt bölagi bilan tişlarini urib, sindirib olib, xonaga töşab qöyilgan linoleum ostiga yaşirib qöygan.
Ertasi kuni U.U. sodir etgan jinoyat izlari va turmuş örtoği D.Y.ning murdasini yaşiriş maqsadida, uni örab, boşiga qop kiydirib, sandiqqa solgan. Sandiqni kanalga taşlab, marhum erining oğzidan qoqib tuşirgan tilla tişlarni 1 400 000 sömga sotgan.









