Lola Karimova qizi Maryam bilan aloqani uzgani maʼlum böldi

Lola Karimova qizi Maryam bilan aloqani uzgani maʼlum böldi

Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmuş örtoği Timur Tillyayev qizi Maryam bilan aloqalarni uzgan. Bu haqda Maryam Tillyayevaning turmuş örtoği bloger Amiran Sardarov “Töğridan töğri savol” nomli YouTube şousiga bergan intervyusida söz oçgan. 

Amiranning aytişiça, u Maryamning hayotida paydo bölgaç, qizning ota-onasi u bilan aloqalarni uzgan. Ular Amiranni oilaga mos kuyov sifatida qabul qilmagan. 

35 yoşli bloger Amiran Sardarov intervyularda köp bora “oila qurib yaşaş men uçun emas” deb  taʼkidlab kelgan. Ammo u hozirda rafiqasi Mariyam Tillayeva bilan baxtli ekani va hatto baʼzilar ularning baxtiga xasad qilişini aytgan. Unga köra, uşbu baxtga erişiş uçun juftlik katta yöqotişlar qilişiga töğri kelgan.   

Maryamning ota-onasi qizi öziga mos juftni tanlaşiga umid qilişgan, ammo uning bir blogerga turmuşga çiqiş haqidagi qarori hamma uçun kutilmagan hodisa bölgan.

Amiran özi va rafiqasi Maryamning ota-onasi bilan til topişişda muammoga uçrayotganini tan olgan. 

“Men avvalgidek şaxsiy hayotim haqida oçiq gapirişni xohlardim, lekin şuni oçiqçasiga ayta olamanki, Maşa ikkimiz uning ota-onasi bilan yaxşi munosabatda emasmiz. Uning hayotida men paydo bölişim bilananoq, ular qizi bilan gaplaşmay qöyişgan. Men hozirça faqat şularni ayta olaman, xolos”, deya taʼkidlagan bloger. 

Maryamning özi nima deydi? 

Amiran Sardarov bugun oila sirini taşqariga çiqardi. Bugungaça Maryam Tillyayevaning özi ota-onasi bilan buzilgan munosabatlari xususida miq etmagan. Aksinça, ularni yaşirişga uringan. Joriy yilning 27 aprel kuni u Instagram'dagi sahifasi orqali obunaçilari bilan muloqot qilib, Amiran Sardarov bilan oila quriş haqidagi tanloviga ota-onasi hurmat bilan munosabatda bölganini aytgan edi. 

Maryam Tillyayeva rossiyaliy bloger Amiran Sardarov bilan joriy yilning aprel oyida turmuş qurdi. Şu yilning avgust oyida esa ijtimoiy tarmoqlarda Maryam Tillyayevaning yalanğoç holatdagi surati tarqaldi. Keyinroq uşbu surat uning turmuş örtoği Amiran Sardarovning Instagram’dagi sahifasidan köçirib olingani maʼlum böldi. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarni keltirib çiqardi. Köpçilik Maryamni bobosi Islom Karimovning xotirasiga hurmatsizlikda aybladi. 

Oradan köp ötmay, Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi şaxsiy sahifasi orqali bayonot bilan çiqib, bu qizining şaxsiy hayoti ekani va uni Birinçi Prezident Islom Karimov bilan boğlaş noörinligi haqida gapirdi. 

Maʼlumki, Karimovlar oilasining tönğiç qizi Gulnora Karimova 2013 yildan buyon jinoyatlari uçun javob bermoqda. U ayni vaqtda hibsda. Oilaning kenjasi Lola Karimova-Tillyayeva esa otasining vafotidan söng, turmuş örtoği Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQŞga köçib ötgan. U masofadan turib, “Sen yolğiz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini boşqarib keladi. U AQŞda "The Harmonist" attorlik buyumlari brendiga asos solgan.

Karimovlar oilasidan faqat Tatyana Karimova Özbekistonda istiqomat qilmoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylaştiriş va Karimov nomidagi Respublikasi jamoat fondi faoliyatini yuritişda boş-qoş. Bugungaça sobiq birinçi xonim oila atrofidagi maşmaşalarga matbuot orqali munosabat bildirmagan.

×