Maryam Tillayeva sobiq turmuş örtoği uning ota-onasiga qilgan munosabatini oçiqladi

Maryam Tillayeva sobiq turmuş örtoği uning ota-onasiga qilgan munosabatini oçiqladi

“Amiranning ota-onam haqida gapirişga haqqi yöq edi” — Maryam Tillayeva.

Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillayeva sobiq turmuş örtoği, bloger Amiran Sardorovning intervyular vaqtida ota-onasi haqida aytgan gaplari unga maʼqul bölmaganini maʼlum qildi.

“Döstlar, tuşunaman, bu mavzu siz uçun qiziq... Har ikkita savolning bittasi ota-onam haqida. Ammo Amiranning öz intervyulari vaqtida ota-onam haqida gapiriş va munosabatlarga aniqlik kiritişga heç qanday haqqi yöq edi.

Men boşqa köp narsalar qatori bu haqida ham undan iltimos qilgandim. Mana qarang, siz bilan juda köp narsalarni baham köraman va bu mening qarorim. Ammo otam va onam öta sokin, begonalardan holi bir tarzda hayot keçirişadi.

Mening ularning qarorini hurmat qilaman va munosabatlarimiz haqida ommaga oçiq gapirmayman. Ular mening eng yaqin odamlarim va ularni juda yaxşi köraman”, —  deydi Maryam Tillayeva. 

Maʼlumot uçun: Bloger Amiran Sardorov Maryam Tillayeva bilan ajraşmasidan avval özining bir neçta intervyularida qaynota-qaynonasi bilan munosabatlari yaxşi emasligini aytgandi. U xonanda Bastaga bergan intervyusida Maryamning hayotida paydo bölganidan keyin Lola Karimova va Timur Tillayev qizlari bilan aloqani uzişgani haqida gapirgan, ularga moliyaviy jihatdan heç kim yordam bermasligini aytgan. Şuningdek, marhum Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bilan munosabatlari yaxşi ekanligi va özaro muloqot qilib turişlarini maʼlum qilgandi.

×