Xitoyda tarqalgan koronavirusning Özbekistonga kirib kelişi xavfi qay darajada? Mamlakatda bunga qarşi çoralar körilganmi? Bugun, 23 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötgan Matbuot anjumanida bu haqda maʼlumot berildi.
Rasmiylarning qayd etişiça, Xitoyda koronavirus böyiça epidemik vaziyat murakkablaşişi sababli “Uzbekistan Airports” AJ hamda “Özbekiston temir yöllari” AJ Tibbiy-sanitariya xizmati tomonidan davlat çegarasini, ayniqsa, Xitoyni kesib ötgan şaxslarning yuqori sifatli tibbiy monitoringini amalga oşiriş çoralari körilmoqda. “Özbekiston temir yöllari” hamda “Özbekiston havo yöllari” AJ tizimidagi faoliyat yuritayotgan styuard va styuardessa hamda bort boşqaruvçilari iştirokida epidemik vaziyat va uning oldini oliş yuzasidan seminarlar ötkazilgan.
Bundan taşqari, Respublika Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti intensiv terapiya bölimida koronavirusga gumon qilingan bemorlarni qabul qiliş uçun maxsus boks tayyorlab qöyilgan. Respublikadagi aeroport va temir vokzallari sanitariya karantin punktlarida uşbu kasallikka gumon qilingan bemor aniqlansa, uni darhol izolyatorga izolyatsiya qiliş, koronavirusga laborator tahlilini ötkaziş uçun namuna oliş tartibi belgilab qöyilgan.
Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi tomonidan koronavirus infektsiyasini yangi turini Özbekiston hududiga çetdan kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş çora-tadbirlar rejasi loyihasi işlab çiqilgan. Koronavirusning yangi turi (nCoV) qarşi olib boriladigan profilaktik va epidemiyaga qarşi çora-tadbirlarni taşkil etiş hamda amalga oşiriş töğrisidagi metodik uslubiy köllanma loyihasi ham tayyorlangan.
Anjumanda koronavirus kasalligining oldini oliş böyiça olib borilayotgan işlar Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi tomonidan qatʼiy nazoratga olingani, Xitoydagi koronavirus böyiça epidemik vaziyatdan mamlakat aholisining xavotirlanişiga heç qanday asos yöqligi taʼkidlandi.
Qalampir.uz Tahririyati









