Koronavirus mevalar orqali Özbekistonga kirib kelişi mumkinmi?

Koronavirus mevalar orqali Özbekistonga kirib kelişi mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan koronavirus infektsiyasining yurtimizga kirib kelganligi, jumladan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida tarqalganligi haqidagi xabarlar haqiqatga mutlaqo zid. Bu töğrisida “Jizzaxda koronavirus infektsiyasi tarqalganligi haqidagi xabarlar asossiz” sarlavhali materialda ham batafsil töxtalib ötgan edik. Şu örinda meva-sabzovotlar, jumladan, banandan uşbu virus yuqişi mumkinligi haqidagi çiqişlarga ham oydinlik kiritib ötsak.

Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epedimiologik osoyiştalik agentligi mutaxassisi Qamriddin Boqiyevning taʼkidlaşiça, mamlakatimizga xorijdan kirib kelgan meva-sabzavotlar, xususan, bananlar Vazirlar Mahkamasining sertifikatlaştiriş tartibiga oid 318-sonli qaroriga asosan tekşiruvdan ötkaziladi. Birinçi navbatda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini inspektsiyasi tomonidan fitosanitariya xulosasi beriladi. Keyin Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi tarkibidagi Sanitar-epedimiologik xulosalar beriş bölimlarida xavfsizlik körsatkiçlari böyiça tekşirilib, sanitar-epedimiologik xulosa taqdim etiladi. Şundan söng “Özstandart” agentligidan muvofiqlik sertifikati olingaç, xorijdan keltirilgan meva-sabzovotlar sotuviga ruxsat beriladi.

Xöş, meva-sabzavotlardan koronavirus yuqişi mumkinmi?

– Xitoydagi xavotirli epedmik vaziyatdan kelib çiqqan holda, qator oziq-ovqatlar, jumladan, meva-sabzovotlar böyiça ham turli tekşiruvlar olib borilayapti. Lekin bu ilmiy jihatdan hali isbotlanmagan, – deydi Qamriddin Boqiyev. – Ayni paytda koronavirus yuqişiga turli hayvonlar va dengiz mahsulotlari sabab bölayotgani taxmin qilinmoqda. Ammo aynan qaysi biridan yuqişi mumkinligi haqida ham aniq töxtamga kelingani yöq. Umuman olganda, meva-sabzavotlarni yuvmasdan yeyiş qaysidir kasalliklar kelib çiqişiga sabab bölişi ehtimoli bor. Biroq aynan meva-sabzavotlar isteʼmoli sabab qandaydir virus yuqtiriş holatlari hali kuzatilmagan.

Alohida taʼkidlaş lozimki, uşbu koronavirus infektsiyasiga qarşi yurtimizda kerakli barça çoralar körilmoqda. Xususan, mamlakatimiz hududiga koronavirus infektsiyasining kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş borasida Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa tegişli taşkilotlar tomonidan barça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Yana bir bor eslatib ötamiz, koronavirus infektsiyasi va u bilan boğliq vaziyat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligining (71) 276-46-65, (71) 276-49-66 telefon raqamlariga murojaat qilişingiz mumkin.

Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×